Barselonada avtomobil futbol muxlislari ustiga haydaldi: 13 kishi jarohatlandi

Barselonada avtomobil futbol muxlislari ustiga haydaldi: 13 kishi jarohatlandi
  • 0
  • 16.05.2025 14:49:00
  • 1 daq o'qish

 

Ispaniyaning Barselona shahrida “Espanyol” muxlislari ustiga avtomobil haydaldi. Hodisa natijasida 13 kishi jarohat oldi, 4 nafari shifoxonaga yotqizildi. Eng og‘ir jarohat — oyoq sinishi. Haydovchi qo‘lga olingan, terakt ehtimoli tasdiqlanmagan. Muxlislar “Espanyol” murabbiyini kutayotgan vaqtda voqea yuz bergan. Shu kuni “Barselona” “Espanyol”ni 2:0 hisobida mag‘lub etib, muddatidan oldin chempion bo‘lgan.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News