
- 5
- 05.06.2023 09:52:00
- 1 daq o'qish
Markaziy saylov komissiyasining 5-iyun kuni o‘tkazilgan navbatdagi majlisida O‘zbekiston prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatga olindi, deb xabar beradi O‘zA.
- Xalq demokratik partiyasidan Ulug‘bek Inoyatovni,
- Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Mirziyoyevni,
- O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Robaxon Maxmudovani,
- O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Abdushukur Xamzayevni, O‘zbekiston prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan.
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezident saylovi o‘tkaziladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni referendum yakunlariga bag‘ishlangan uchrashuvda ma’lum qilgandi. O‘zbekistonda 2023-yil 9-iyul kuni muddatidan oldin prezidentlik saylovi o‘tkazilishi belgilangan.
Muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun 6-may kuni prezident tomonidan imzolandi. Saylov kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra prezident muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovini tayinlagan taqdirda, saylov ushbu kodeksga to‘liq muvofiq holda 2 oy ichida o‘tkaziladi. Bunda saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Manba: Drayo.uz