
- 0
- 30.08.2025 07:48:00
- 1 daq o'qish
Turkiyaning Samsun viloyatida avtobus haydovchisi yo‘l chetida to‘xtab turgan yuk mashinasiga urilib, 2 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Kamera yozuvlarida haydovchi o‘zini yomon his qilib, yonidagi yordamchisiga ikkinchi haydovchini chaqirishni aytgani, ammo u yetib kelguncha avtobus halokatga uchragani aks etgan. Voqeadan so‘ng avtobus haydovchisi hibsga olindi. Hodisa yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.