
- 0
- 12.04.2025 10:23:00
- 1 daq o'qish
10-aprel kuni Toshkent viloyati FVBga Bo‘stonliq tumani “Yakkatut” MFY hududida 2 yoshli bola yo‘qolib qolganligi va o‘sha hududdagi jarlikka tushib ketganligidan gumonlanib xabar berilgan. Toshkent viloyati FVV qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, bolani 25 metr chuqurlikdagi jarlikdan sog‘-salomat qutqarib, ota-onasiga topshirdi. Bolaning ahvoli hozirda yaxshi.