Toshkentdagi Bo‘rijar ko‘chasi Pekin ko‘chasi deb qayta nomlandi

Toshkentdagi Bo‘rijar ko‘chasi Pekin ko‘chasi deb qayta nomlandi
  • 6
  • 29.09.2026 11:20:00
  • 1 daq o'qish

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi Bo‘rijar ko‘chasi Pekin ko‘chasi deb qayta nomlandi. Bu haqda Toshkent shahar kengashining 25-sentabrdagi qarorida belgilangan.
Qarorga ko‘ra, ko‘chani qayta nomlash bo‘yicha Yakkasaroy tumani hokimligining taklifi ma’qullangan.
Shu munosabat bilan ko‘chadagi ko‘chmas mulk obyektlarining manzillari ham yangilanadi. Tegishli ishlarni ikki oy ichida yakunlash va manzili o‘zgargan fuqarolarni xabardor qilish topshirilgan.
Ko‘chadagi ko‘rsatkich va peshlavhalar esa uch oy ichida yangi nomga almashtiriladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News