
- 7
- 14.04.2023 15:17:00
- 1 daq o'qish
2022-yil sentabrda Xalqaro moviy osmon uchun toza havo kuni arafasida “Zamin” fondi tomonidan BMTning Atrof-muhitni muhofaza qilish dasturi (UNEP), O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi va Davlat ekologiya qo‘mitasi ko‘magida “Toza havoning inson hayoti sifati uchun ahamiyati” mavzusida muhokama o‘tkazilgandi.
O‘shanda tadbir ishtirokchilari havo sifati bo‘yicha me’yorlarni qo‘llash borasidagi xalqaro tajriba bilan tanishgan hamda monitoring yakunida havoni nazorat qilish chora-tadbirlarini eng namunali xalqaro amaliyotga muvofiq holda birgalikda takomillashtirishga kelishib olgan edi.