O‘z onasini kaltaklagan hokim yordamchisi

O‘z onasini kaltaklagan hokim yordamchisi
  • 2
  • 24.07.2024 14:42:00
  • 1 daq o'qish

Ijtimoiy tarmoqlarda hokimi yordamchisi onasini qattiq kaltaklagani haqida ma’lumot tarqaldi. Qayd etilishicha, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi yordamchisi 65 yoshli onasini qattiq kaltaklagan. Bu kabi kaltaklashlar muntazam ravishda sodir bo‘lib kelgan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari hokim yordamchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atdi va onasining tan jarohatlari og‘irligi, ruhiy holatini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlandi. Hozirda tergov davom etmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News