Trampga suiqasd 

 Trampga suiqasd 
  • 5
  • 15.07.2024 08:03:00
  • 1 daq o'qish

14-iyul kuni Pensilvaniyaning Batler shahridagi saylovoldi mitingi paytida Donald Tramp suiqasdga uchradi. U mitingda nutq so‘zlayotganida sahna yaqinidagi binodan unga 3 marotaba o‘q uzilgan. Tramp darhol chiqishini to‘xtatib, tribuna ortiga yashiringan va ko‘p o‘tmay qo‘riqchilar qurshovida sahnani tark etgan. 

O‘q uzgan shaxs maxsus xizmat xodimlari tomonidan o‘ldirilgan lekin uning shaxsi haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Shuningdek, mitingga kelganlardan bir kishi halok bo‘lgan, ikki kishi og‘ir jarohatlangan.

Videokadrlarda Trampning o‘ng qulog‘i qonga belanganini ko‘rish mumkin. Uning sahnadan ketayotganida qo‘llarini musht qilib ko‘targan holatda tushgan surat ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalmoqda. Maxfiy xizmatlar vakili Tramp ayni vaqtda “xavfsizlikda” ekanini bildirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News