Eshli Yang o‘g‘li Taylerga qarshi o‘ynashi mumkin

Eshli Yang o‘g‘li Taylerga qarshi o‘ynashi mumkin
  • 7
  • 03.12.2024 11:22:00
  • 1 daq o'qish

39 yoshli tajribali futbolchi Eshli Yang Angliya Kubogi 3-bosqichida o‘z o‘g‘li Taylerga qarshi maydonga tushishi mumkin.
Qur’aga ko‘ra, “Everton” “Piterboro”ni sinovdan o‘tkazadi. Bu o‘yin boshqa tomoni bilan e’tiborni tortmoqda. Eshli Yang uchun yozda “Piterboro”ga kelib qo‘shilgan 18 yoshli o‘g‘li Taylerga qarshi maydonga chiqishi mumkin.
Yang faoliyati davomida 724 ta o‘yinda qatnashib, “Uotford”, “Aston Villa”, “Manchester Yunayted”, “Inter” va “Everton” klublarida to‘p surgan.

Keyingi bosqichga kim chiqishini xohlaysiz: ota yoki o‘g‘il?

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News