
- 9
- 19.07.2024 16:15:00
- 1 daq o'qish
Oila kodeksining nikoh yoshi to‘g‘risidagi 15-moddasi quyidagi qoidalar bilan o‘zgartirilmoqda va to‘ldirilmoqda.
Unga ko‘ra, 18 yoshga to‘lmagan yigit va qizlarni unashtirish marosimlarini o‘tkazish taqiqlanadi. Nikohga kiruvchilar arizasiga ko‘ra homiladorlik, bola tug‘ilishi, voyaga yetmagan shaxsning to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinganda nikoh yoshini bir yilga kamaytirishi mumkin.
Shuningdek, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi darajadagi yon shajara bo‘yicha qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzish taqiqlanmoqda. Faqat tibbiy genetik tekshiruvlar natijasi ijobiy bo‘lgan hollar bundan mustasno.
Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzish bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha (3,4 million so‘mdan 5,1 million so‘mgacha), ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoki uylantirishga esa bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda (5,1 million so‘mdan 6,8 million so‘mgacha) jarima belgilanmoda.