
- 5
- 08.06.2024 12:26:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Yakkasaroy tumanida barpo etilgan suv sporti saroyini ko‘zdan kechirdi.
Mazkur majmua suv sporti maktabi rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida qurilgan. Bu yerda professional sportchilar uchun ham, havaskorlar uchun ham sharoitlar yaratilgani e’tiborga molik.
50 metrlik basseyn va 500 o‘rinli tribunaga ega katta zalda xalqaro musobaqalar va terma jamoalarning mashg‘ulotlarini yuqori saviyada o‘tkazish mumkin.
Majmua negizida suv sporti maktabi barpo etildi. Davlatimiz rahbari yosh sportchilarning mashg‘ulotlarini kuzatdi, ularning intilishlarini qo‘llab-quvvatladi, katta marralar sari ruhlantirdi.