O‘zbekistonda maktab bitiruvchilari uchun yana bir qulaylik yaratildi

O‘zbekistonda maktab bitiruvchilari uchun yana bir qulaylik yaratildi
  • 11
  • 20.06.2023 07:36:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekistonda endilikda maktab bitiruvchilari shahodatnomalarini elektron tarzda olsa bo‘ladi. Bu haqda Ta‘lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi ma‘lum qildi. 

Endilikda bitiruvchi “e-shahodatnoma.uz” axborot tizimi orqali o‘z shahodatnomasini 20-iyun kunidan  boshlab onlayn tarzda yuklab olishi mumkin bo‘ladi. 11-sinf maktab bitiruvchilarning shahodatnoma maʼlumotlari “Bilim va malakalarni baholash agentligi” (sobiq DTM)ning OTM qabul bo‘yicha elektron platformasiga integratsiya qilingan.

Shu bois oliy taʼlim muassasalariga elektron hujjat topshirish jarayonida bitiruvchining shahodatnoma maʼlumotlari avtomatik tarzda taqdim etiladi. Bitiruvchilar shahodatnomalarini shaxsan taqdim etishiga ehtiyoj yo‘q.

Ma‘lumot o‘rnida, joriy o‘quv yilida umumtaʼlim maktablarini 390 mingdan ortiq bitiruvchilar tamomlaydi.

Manba: daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News