
- 0
- 25.04.2025 12:44:00
- 1 daq o'qish
23-aprel kuni Istanbul shahrida yashagan o‘zbekistonlik fuqaro yurak yetishmovchiligi oqibatida vafot etdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu holat Istanbulda sodir bo‘lgan zilzila vaqtida yuqori qavatda turgan fuqaroning kuchli qo‘rquv holatiga tushishi natijasida yuz bergani aytilmoqda.
O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi marhumning jasadini vatanga yuborish bo‘yicha zarur konsullik-huquqiy va tashkiliy choralarni ko‘rmoqda.