
- 7
- 12.08.2023 09:18:00
- 1 daq o'qish
Prezidentning tegishli qarori bilan Toshkent tibbiyot akademiyasining rektori Alisher Shodmanov Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Alisher Shodmanov 1962-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1985-yilda Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati
2009-2010-yillarda Andijon davlat tibbiyot institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, 2010-2015 yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori lavozimlarida mehnat qilgan.
2015-2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik Palatasi deputati, qo‘mita raisi bo‘lgan. 2017-2020-yillarda Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimida ishlagan.
Tibbiyot fanlari doktori, professor Alisher Shodmanov 2020-yildan buyon Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.