Alişer Qodirov özbek bolalarining boğça va boşlanğiç ta’limni faqat davlat tilida olişini taklif qildi

Alişer Qodirov özbek bolalarining boğça va boşlanğiç ta’limni faqat davlat tilida olişini taklif qildi
  • 23
  • 18.11.2026 18:11:00
  • 1 daq o'qish

“Milliy tiklaniş” partiyasi rahbari Alişer Qodirov özbek millatiga mansub bolalar boğça va boşlanğiç sinflarda faqat özbek tilida ta’lim-tarbiya olişi kerakligini bildirdi.

Uning fikriça, ota-onasi özbek bölgan bolalarga boşqa tilda ta’lim oliş tilini tanlaş huquqi berilmasligi lozim. Boşqa millat vakillari farzandlari esa öz ona tilida ta’lim olişi mumkin. Qodirov bu taklifni 17-noyabr kuni partiya fraksiyasi yiğilişida ilgari surdi. U “Maktabgaça ta’lim va tarbiya töğrisida”gi qonunning 38-moddasini qayta körib çiqiş zarurligini aytdi. Amaldagi qonunçilik ota-onalarga farzandlari uçun ta’lim tilini tanlaş huquqini beradi.

Deputat bu masalani milliy xavfsizlik, milliy qadriyatlar va vatanparvar avlod tarbiyasi bilan boğladi. Uning ta’kidlaşiça, oliy ta’limda til tanlaş erkinligi saqlanişi mumkin, ammo boğça va boşlanğiç ta’limda özbek bolalari davlat tilida öqişi şart bölişi kerak. Hozirça bu taklif qonunçilikka kiritilgan özgartiriş emas, balki deputatning taşabbusi hisoblanadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News