Havodan tashlangan yordam 5 kishini halok qildi

Havodan tashlangan yordam 5 kishini halok qildi
  • 6
  • 09.03.2024 15:27:00
  • 1 daq o'qish

Gʻazo sektorida 8-mart kuni havodan tushirilayotgan AQSH va Iordaniyaning insonparvarlik yordami parashyut ochilmay qolib, odamlarning ustiga tushgan va oqibatda besh kishi halok boʻlgan. O‘lganlar orasida bolalar bor.

AQSH va Iordaniya falastinliklarning oʻlimiga sabab boʻlgan gumanitar yordam boʻyicha fojiali hodisaga aloqadorligini rad etyapti.

Amerika mudofaa idorasi rasmiysi CBS telekanaliga bergan intervyusida, dastlabki tahlillar Amerika samolyoti yerdagi oʻlim holatlari uchun javobgar emasligini koʻrsatganini, biroq tergov davom etishi kerakligini aytgan. Uning soʻzlariga koʻra, harbiylar insonparvarlik yuklari boʻlgan barcha qutilar odatdagidek qoʻngani haqida tasdiqnoma olgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News