O‘zbekiston fuqarolariga Isroildagi elchixonamiz murojaati

O‘zbekiston fuqarolariga Isroildagi elchixonamiz murojaati
  • 11
  • 13.10.2023 15:37:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Falastin va Isroil o‘rtasida kelib chiqqan ziddiyat bo‘yicha bayonot tarqatgan. Hujjatda oddiy aholi orasida ko‘plab qurbonlar berilishiga olib kelgan va butun Yaqin Sharqdagi vaziyatni murakkablashtirgan holat keskinligidan jiddiy xavotir bildirilgandi. Rasmiy Toshkent har ikki tomonni qurolli qarama-qarshilikni tez fursatda tugatish va inqirozni siyosiy hamda diplomatik vositalar orqali hal qilish uchun barcha choralarni ko‘rishga chaqirdi.

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ziddiyat hududidagi fuqarolarimiz bilan aloqa o‘rnatishda davom etmoqda.

Inqiroz boshlangan dastlabki kunlarda o‘zbekistonlik fuqarolar qo‘lga olingani to‘g‘risida hech qanday xabar bo‘lmadi. Elchixonamiz ma’lumotni o‘rganish jarayonida inqiroz hududida, G‘azo sektorida qo‘lga tushirilgan fuqarolarimiz yo‘qligini tasdiqlab, bayonot berdi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston elchixonasi Isroilda bo‘lib turgan fuqarolarimizga murojaat qilib, ular uchun soddalashtirilgan tartibda hisobga olish boshlanganini ma’lum qildi.

Murojaatda fuqarolarimizga nisbatan turli xil noxush voqealarning oldini olish, lozim bo‘lgan holda kechiktirmay amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida ulardan diplomatik vakolatxonaga o‘zlari haqida elektron ma’lumot yuborish so‘ralgan.

“O‘zbekiston havo yo‘llari”ning Tel-Avivga reyslari bekor qilinmagan, Vatanga qaytish istagida bo‘lgan fuqarolarga chipta olishda ko‘mak beriladi.

Murojaat uchun elchixona telefon raqamlari:

Konsullik bo‘limi ishonch telefonlari:

03-672-2466

03-672-2371

03-758-5075

03-758-5076

Favqulodda holatlarda va shoshilinch xabarlar uchun:

972 54 485 1397

Manba: Uza.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News