
- 6
- 10.07.2023 13:13:00
- 1 daq o'qish
Shuningdek, 70 yoshdan keyin farzandli bo‘lganlar soni 70 nafarni tashkil qildi. Davlat xizmatlari agentligi O‘zbekistonda 2023 yilning yarim yilligidagi tug‘ilishlar soni haqidagi ma’lumotlarni taqdim qildi. 2023 yilning birinchi yarmida FHDYO organlari tomonidan respublika bo‘yicha 437 032 ta bolalarning tug‘ilishi qayd etildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 19 920 taga ko‘p. Qayd etilishicha, mazkur vaqt davomida 226 ming 820 nafar o‘g‘il, 210 212 nafar qiz farzand dunyoga kelgan.
Tug‘ilish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatgich Farg‘ona viloyatida (48 796 nafar), eng kami esa Sirdaryo viloyatida (11 107 nafar) qayd etilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 1 885 nafar erkak 20 yoshgacha farzandli bo‘lishgan.
Shu jumladan:
— 2 347 nafar erkaklar – 50 yoshdan keyin;
— 448 nafar erkaklar – 60 yoshdan keyin;
— 70 nafar erkaklar – 70 yoshdan keyin farzandli bo‘lishgan.
Manba: uznews.uz