
- 4
- 15.08.2023 13:59:00
- 1 daq o'qish
Bugun, 15-avgust kuni Qirg‘iziston Respublikasiga O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov amaliy tashrif bilan bordi.
“Issiqko‘l” xalqaro aeroportida O‘zbekiston Bosh vazirini Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Bakit Torobayev kutib oldi.
Abdulla Aripov Qirg‘izistonga 16-avgust kuni Cho‘lpon-ota shahrida bo‘lib o‘tadigan Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Qo‘shma hukumatlararo komissiyaning 10-yig‘ilishida ishtirok etish uchun borgan.