
- 1
- 04.06.2025 14:49:00
- 1 daq o'qish
Tojikistonning Xatlon viloyati, Shohratus tumanida yashovchi 62 yoshli Xadicha Hamidova sehrgarlik va fol ochish bilan qayta shug‘ullangani uchun 6 oyga umumiy tartibdagi koloniyaga hukm qilindi. U ilgari ogohlantirilgan va ma’muriy jazoga tortilgan bo‘lsa-da, faoliyatini davom ettirib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, Tojikistonda jodugar va folbinlik bilan shug‘ullanganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi.