
- 5
- 30.09.2023 14:20:00
- 1 daq o'qish
Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida o‘quv samolyoti halokatga uchradi, voqea joyidan ikki kishining jasadi topildi, deb xabar berdi Respublika transport vazirligi fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasi matbuot xizmati.
"30-sentabr kuni Qarag‘anda viloyatining Balapan uchastkasida o‘quv parvozi chog‘ida UPLA286 rusumli P2002 samolyoti soat 07:46 da havoga ko‘tarilganidan so‘ng aloqaga chiqmadi. Qidiruv chog‘ida halokatga uchragan samolyot va ikki nafar halok bo‘lgan fuqaro topildi", deyiladi xabarda.
Keyinroq qo‘mita xabarida aniqlik kiritilishicha, qulash Qarag‘anda viloyatining Doskey qishlog‘idan 5 km uzoqlikda sodir bo‘lgan. Transport vazirligi tergovni boshladi.
Manba: Uzreport.news