- 5
- 07.01.2025 11:06:00
- 1 daq o'qish
Ma’lum qilinishicha, zilzila Shigatze shahrida yuz bergan. Uning silkinishlari yuzlab kilometr uzoqlikdagi Nepalda ham sezilgan. Xitoy zilzila tarmoqlari markazi mahalliy vaqt bilan soat 09:05 da 10 km chuqurlikda 6,8 balli zilzilani qayd etgan. AQSH Geologiya xizmati esa zilzila kuchini 7,1 magnituda deb baholagan. Hodisa oqibatida dastlab 32 kishi, hozirda esa 62 halok bo‘lgani aytilmoqda. Qurbonlar soni ortishi mumkin.