Xaridorga ayolga shilqimlik qilgan sotuvchi qamaldi

Xaridorga ayolga shilqimlik qilgan sotuvchi qamaldi
  • 2
  • 27.06.2024 10:51:00
  • 1 daq o'qish

25-iyun kuni Toshkentda tarvuz sotuvchisi mast holatda oʻziga notanish boʻlgan xaridor ayolning belidan past qismini ushlab, shahvoniy shilqimlik qilgan. Sudda erkak aybiga iqrorligini, hozirda qilmishidan pushaymonligini, bundan keyin bu kabi harakatlarni sodir etmasligini bildirib, unga nisbatan yengillik berilishini soʻragan.   

Erkakka nisbatan 5 sutka qamoq va BHMning 10 baravari miqdorida (3.4 mln soʻm) jarima jazosi tayinlangan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News