- 9
- 17.03.2025 10:51:00
- 1 daq o'qish
AQSHdagi Pitsburg universiteti yaqinida Sent-Patrik kuni munosabati bilan o‘tkazilgan ziyofatda tomning bir qismi qulab tushdi. Bu 500 ga yaqin talaba hovlida ziyofat qilayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda yashil kiyimdagi odamlarning tomdan qulashi va ayvon ostidagi odamlarning ustiga tushishi aks etgan. Hodisa oqibatida kamida 16 kishi jarohatlangan. Uch kishi og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan, qolgan 13 kishi yengil jarohat olgan.
Sent-Patrik kuni — har yili 17-martda nishonlanadigan Irlandiyaning homiysi bo‘lgan Avliyo Patrikning xotirasiga bag‘ishlangan, madaniy va diniy bayramdir.