
- 2
- 13.10.2023 08:42:00
- 1 daq o'qish
Gruziya poytaxti Tbilisida Isroilni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha miting bo‘lib o‘tdi. Unda yuzlab odamlar, jumladan, Gruziyada yashovchi yahudiylar ishtirok etgan.
Namoyishchilar HAMASning Isroilga hujumini qoraladi va qurbonlar xotirasini bir daqiqalik sukut bilan yod etdi.

Foto: Report.az
Gruziyada faoliyat yurituvchi Isroil uyi asoschisi Isik Moshe aksiyani Gruziya fuqarolari tashkil qilganini qayd etdi.
“Butun Gruziya xalqi Isroilni qo‘llab-quvvatlab, terrorizmga qarshi norozilik bildirmoqda. Biz Isroil palatasi vakillari sifatida ko‘plab tashkilotlarga HAMASga terrorchi tashkilot maqomini berishni so‘rab maktub yo‘lladik. Agar birgalikda shu yo‘ldan borsak, biz dunyoni terrorchilardan tozalaymiz”, — dedi u.
Manba: daryo.uz