Prezident bilan uchrashishni istagan Muhammadaliga prezident sovg‘asi topshirildi

Prezident bilan uchrashishni istagan Muhammadaliga prezident sovg‘asi topshirildi
  • 9
  • 26.09.2026 15:46:00
  • 1 daq o'qish

Qoraqalpog‘istonga tashrif chog‘ida ijtimoiy tarmoqlarda Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishni istagani haqida video murojaat qilgan Muhammadali prezidentning minnatdorlik maktubi va sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Maktubda davlat rahbari bolaning murojaatini ko‘rganini va bundan mamnun bo‘lganini bildirgan. Shuningdek, Muhammadaliga kelajakda ajdodlariga munosib va el-yurtiga foydasi tegadigan inson bo‘lish tilagi bildirilgan.

Prezidentning maktubi va sovg‘alari Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesida tantanali ravishda topshirildi. Bolaning ota-onasi va u tarbiyalanayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga ham sovg‘alar berildi.

Muhammadalining tarbiyachisi Gulbahar Saparovaga esa “Vatan fidoyisi” ko‘krak nishoni topshirildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News