Rossiyada 43 kishi bo‘lgan samolyot qulab tushdi, omon qolganlar yo‘q

Rossiyada 43 kishi bo‘lgan samolyot qulab tushdi, omon qolganlar yo‘q
  • 0
  • 24.07.2025 15:48:00
  • 1 daq o'qish

Amur viloyatida 43 yo‘lovchi bilan parvoz qilayotgan An-24 samolyoti halokatga uchradi. Samolyot Tinda shahri yaqinidagi tog‘ yonbag‘rida qulagan. Qidiruv guruhi bortdagi hech kim omon qolmaganini tasdiqladi. Halokatga uchragan samolyot “Angara” aviakompaniyasiga tegishli bo‘lib, Xabarovsk—Blagoveshchensk—Tinda yo‘nalishida parvoz qilayotgan edi. Uning parvozga yaroqlilik sertifikati 2036-yilgacha uzaytirilgan bo‘lgan.

Rossiya Tergov qo‘mitasi hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News