Buxoro aeroportida 96 dona qadimiy tangalarni olib chiqishga uringan shaxs qo'lga olindi

Buxoro aeroportida 96 dona qadimiy tangalarni olib chiqishga uringan shaxs qo'lga olindi
  • 8
  • 07.11.2023 17:17:00
  • 1 daq o'qish

“Buxoro-Vnukovo” aviareysi orqali harakatlanayotgan fuqaro “Buxoro Aeroporti” chegara bojxona postining bojxona nazorati zonasidan  o'tish chogʻida, uning kuzatib boriladigan bagaji inspeksion koʻrik majmuasi yordamida skanerdan oʻtkazildi. Natijada  hech qanday tegishli hujjatlarda ko'rsatilmagan va bojxona xodimining og'zaki so'rovida ma'lum qilmagan jami 96 dona tarixiy tangalar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur numizmatika buyumlarining qadimiylik darajasini aniqlash maqsadida Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi tomonidan badiiy ekspertiza tayinlangan boʻlib, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz “Oʻzbekiston Respublikasining “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan zarb etilganligiga 50 yildan oshgan numizmatika buyumlarini mamlakatimiz hududidan olib chiqib ketish taʼqiqlanadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News