Ish joylarida shahvoniy shilqimlikka qarshi yangi norma ma’qullandi

Ish joylarida shahvoniy shilqimlikka qarshi yangi norma ma’qullandi
  • 7
  • 02.10.2026 15:34:00
  • 1 daq o'qish

Oliy Majlis Senati ish joylarida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yangi norma kiritishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi.
Unga ko‘ra, xodimga nisbatan nomaqbul shahvoniy mazmundagi gap-so‘z, imo-ishora, teginish yoki tashqi qiyofasi va qaddi-qomatini izohlash shahvoniy shilqimlik sifatida baholanishi mumkin.
Ish beruvchi bunday holatlardan xoli mehnat muhitini yaratishi, xodimlarga xavfsiz va maxfiy tarzda murojaat qilish imkoniyatini ta’minlashi hamda murojaatlarni xolis ko‘rib chiqishi shart bo‘ladi.
Shuningdek, Mehnat kodeksida terining rangi va siyosiy qarashlar ham mehnat sohasida kamsitish belgilari qatoriga kiritilmoqda.
Senat ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yilda shahvoniy shilqimlik bo‘yicha 2 009 ta ishda 2 106 nafar shaxs javobgarlikka tortilgan. 2026-yilning birinchi yarmida esa 1 240 ta ish bo‘yicha 1 293 nafar shaxs javobgarlikka tortilgan.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News