Navoiy shahriga yangi hokim tayinlandi

Navoiy shahriga yangi hokim tayinlandi
  • 2
  • 27.07.2023 09:47:00
  • 1 daq o'qish

Dilmurod Ergashev Navoiy shahar hokimi lavozimiga tayinlandi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Ushbu tayinlovga qadar u “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati kapital qurilish boshqarmasi boshlig‘ining sanoat obyektlarini qurish bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan.

Shaharga 2022-yil may oyidan rahbarlik qilib kelgan Murodxon Egamqulov 11-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida investitsiyalar jalb qilishni yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ishdan olingandi.

manba: daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News