
- 3
- 28.11.2026 16:01:00
- 1 daq o'qish
Xitoyning Siçuan provinsiyasidagi hayvonot boğida yaşovçi, “Hayvonlar şahri” multfilmidagi Benjamin Klouxazerga öxşaşligi bilan maşhur 19 yoşli qoplon Pan Baobao parhezdan ozod qilindi.
Mutaxassislar uning yoşida vazn kamaytirişga uriniş ortiqça stress keltirib çiqarişi mumkinligini bildirgan. Hozir qoplonga har kuni 500 grammdan ortiq mol göşti va tovuq göşti berilmoqda. Uning veterinariya körigidan ötgani va soğliği yaxşi ekani aytilgan. Pan Baobao avval parhez qilib, ança ozgan, ammo natijani saqlab qololmagan.
Hayvonot boği xodimlari qoplonning vaznini kamaytirişdan köra, uni soğlom saqlaş va qulay şaroit yaratişga e’tibor qaratmoqda. Uning yaşaş joyi ham kengaytirilgan, jismoniy faolligi uçun maxsus töp berilgan.