“Inson faxri” milliy mukofotini topşiriş marosimi bölib ötdi

“Inson faxri” milliy mukofotini topşiriş marosimi bölib ötdi
  • 1
  • 28.11.2026 15:32:00
  • 1 daq o'qish

Toşkentdagi “Özbekiston” xalqaro forumlar saroyida “Inson faxri” milliy mukofotini topşiriş marosimi bölib ötdi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ikkinçi bor taşkil etilgan tadbirda 10 ta nominatsiya böyiça ğoliblar taqdirlandi.

2026-yilgi mukofot sovrindorlari orasida çala tuğilgan siam egizaklarini ajratiş operatsiyasiga boşçilik qilgan şifokor Baxtiyor Ergaşev, Varşavada bolalar uylari örtasidagi futbol böyiça jahon çempionatida ğolib bölgan 22-son Mehribonlik uyi jamoasi va Qoraqalpoğiston hunarmandçilik an’analarini 25 yildan buyon tiklab kelayotgan Gulnora Yembergenova bor.

Şuningdek, yonğinda yetti kişini qutqarib, özi halok bölgan qutqaruvçi Boburmirzo Pardayev, 80 yoşida 3 ming metr balandlikdan paraşyut bilan sakragan Soniya Hasanova hamda ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan sakkiz nafar bolani tarbiyalayotgan Azizbek Gadoyev ham mukofotlandi.

“Iroda kuçi” nominatsiyasida nogironlik aravaçasidan foydalanuvçi matematika öqituvçisi Doniyor Ğaybullayev, “Mehr-şafqat yöli” nominatsiyasida uzoq muddat davolanayotgan bolalarga ta’lim beruvçi “Mehrli maktab” loyihasi ğolib deb topildi.

Bundan taşqari, Sirdaryo viloyatidagi “Olğabos” mahallasi “Birdamlik kuçi”, Islom sivilizatsiyasi markazi esa “Yurt faxri” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinçi örinbosari Şaxnoza Mirziyoyeva mukofot jamiyat hayotini yaxşilaşga hissa qöşayotgan insonlar, oilalar va jamoalarning mehnatini e’tirof etişga qaratilganini ta’kidladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News