Toshkentda yangi yo‘nalishda avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi

Toshkentda yangi yo‘nalishda avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi
  • 5
  • 06.07.2023 09:10:00
  • 1 daq o'qish

Toshkent shahrida 6 iyuldan boshlab yangi yo‘nalishda avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar berdi.

2023 yil 6 iyul kunidan boshlab, 130-sonli Olchazor mahallasi — Food city savdo markazi avtobus yo‘nalishida 11 ta Yutong rusumli avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi. 

99-sonli Suvsoz mavzesi — Farhod bozori yo‘nalishiga qo‘shimcha 2 ta va 146-sonli Chinni bozori — Chorsu savdo markazi avtobus yo‘nalishiga qo‘shimcha 4 ta Yutong rusumli avtobus biriktirilishi ma’lum qilindi.

manba: kun.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News