
- 6
- 14.10.2024 09:39:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda erkak bir ayol va yigitni pichoqlangani aks etgan video tarqaldi. Hodisa 13-oktabr kuni Buxoro viloyati Kogon shahrida sodir bo‘lgan. Erkak avvaldan mavjud bo‘lgan kelishmovchilik oqibatida ikki tanishini qasddan o‘ldirish maqsadida tanalarining turli sohalariga oshxona pichog‘i bilan urgan. Oqibatda yigit olgan tan jarohatlari bilan vafot etgan. Ayolga esa shifoxonada zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro protsessual tartibda ushlangan.