
- 0
- 11.08.2025 11:29:00
- 1 daq o'qish
11-avgust kuni soat 02:22 “Uch qahramon” bozorida yong‘in chiqdi. FVV ma’lumotiga ko‘ra, 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borgan, olov soat 03:24 da qurshab olindi va 04:46 da to‘liq o‘chirildi. Hodisada tan jarohati olganlar haqida xabar berilmagan.