- 9
- 24.02.2025 10:33:00
- 1 daq o'qish
Avvalroq Toshkentda o‘laksaxo‘r qush Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi metro bekati yaqinida sayr qilib yurgani haqida xabar bergan edik. Ma’lum bo‘lishicha, Go‘sha laqabli kalxat hayvonot bog‘idan qochib, shahar bo‘ylab sayrga chiqqan. Toshkent hayvonot bog‘i va Ekologiya vazirligi xodimlari uning harakatlarini diqqat bilan kuzatib borgan va kerakli paytda unga uyga qaytishga yordam bergan. Hozirda Go‘sha o‘sib-ulg‘aygan hayvonot bog‘ida ya’ni uyida.