O‘zbekistonlik shifokor Seulga ketayotgan samolyotda yo‘lovchining hayotini saqlab qoldi

O‘zbekistonlik shifokor Seulga ketayotgan samolyotda yo‘lovchining hayotini saqlab qoldi
  • 6
  • 13.10.2026 13:27:00
  • 1 daq o'qish

Toshkentdan Seulga uchayotgan samolyot bortida ayol yo‘lovchi to‘satdan og‘ir ahvolga tushib qolgan. Samolyot ekipaji zudlik bilan yo‘lovchilar orasidan shifokor bor-yo‘qligini so‘ragan. Hatto favqulodda qo‘nish ehtimoli ham ko‘rib chiqilgan. Shu paytda Koreyaga amaliyot o‘tash uchun ketayotgan Hasan Komilov ayolga kislorod berib, ukol qilgan va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan. Ko‘rsatilgan yordamdan so‘ng favqulodda qo‘nishga ehtiyoj qolmagan va samolyot Seulga reja bo‘yicha yetib borgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News