“UzAuto Motors”ga nisbatan ish ochildi

“UzAuto Motors”ga nisbatan ish ochildi
  • 6
  • 13.09.2024 16:38:00
  • 1 daq o'qish

Qoraqalpog‘istonlik fuqaro Gentra avtomashinasini sotib olganiga 5 oy bo‘lmasdan nosozligi tufayli yonib ketganligi, lekin ishlab chiqaruvchi tomonidan ushbu holat o‘z vaqtida bartaraf etilmayotganligi yuzasidan Raqobat qo‘mitasiga murojaat qilgan. Fuqaroning shikoyatidan so‘ng Raqobat qo‘mitasi “UzAuto Motors” AJga nisbatan ish ochdi. “UzAuto Motors” AJ va uning dilerlariga qonunbuzilish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilib, qo‘mita ushbu rusumdagi 37 ta avtomobilni texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun 10 kun ichida chaqirib olish majburiyatini oldi.

Shuningdek, murojaat qilgan fuqaroga ayni shunday markali yangi avtomobil almashtirib berildi hamda iste’molchi talab qo‘ygan vaqtdan boshlab o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun avtomobil bahosining bir foizi miqdorida penya to‘lashi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News