
- 7
- 26.08.2024 16:03:00
- 1 daq o'qish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Raqobat qoʻmitasi “Nukus xalqaro aeoroporti” MCHJ tomonidan amalga oshirilgan tanlov savdolarida qonun talablariga rioya qilinganligi yuzasidan oʻrganish ishlarini olib bordi. Oʻrganishlar natijasida, mazkur MCHJ Davlat xaridlari portal orqali amalga oshirgan 120 000 000 soʻmlik tanlov savdolarini oʻtkazishda “Davlat xaridlari” va “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunlar talablariga rioya qilmaganligi aniqlandi.
Yuqoridagilarga koʻra, “Nukus xalqaro aeoroporti” MCHJga nisbatan ish qoʻzgʻatilib, natijasi yuzasidan tegishli taʼsir chorasi qoʻllanildi.