
- 11
- 06.11.2023 09:54:00
- 1 daq o'qish
Kuzning so‘nggi oyida jiddiy geomagnit bo‘roni kutilmoqda, u 15 noyabrgacha davom etadi. Qayd etilishicha, faollikning asosiy cho‘qqisi 9-noyabrga to‘g‘ri keladi, shundan so‘ng quyosh 10-15 noyabr kunlari faol bo‘ladi.
Rossiya Fanlar akademiyasi 6-noyabr, dushanba kuni Yerni kuchli magnit bo‘ronlari qoplashini ma’lum qildi. Bu haqda “Komsomolskaya pravda” xabar berdi.
❓Magnit bo‘ronlari odamga qanday ta’sir qiladi?
Atmosfera bosimining o‘zgarishi tufayli bosh og‘rig‘i, migren, umumiy salomatlikning yomonlashishi, uyquchanlik va ish faoliyatini buzish paydo bo‘lishi mumkin. Surunkali kasalliklar, ayniqsa yurak-qon tomir va nevrologik kasalliklar ham yomonlashishi mumkin.