
- 0
- 18.08.2025 08:25:00
- 1 daq o'qish
Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari instituti ma’lumotiga ko‘ra, diametri taxminan 50 metr bo‘lgan asteroid 17-avgust kuni Yerga 770 ming km masofada yaqinlashadi. Shu sababli u “potensial xavfli” obyekt sifatida tasniflangan. Kosmik jism 1-avgust kuni aniqlangan. Mutaxassislar eslatishicha, 50 ming yil avval shunday o‘lchamdagi meteorit AQShdagi Arizona kraterini hosil qilgan.