
- 7
- 17.10.2023 08:37:00
- 1 daq o'qish
Diplomatik missiya ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil janubidagi hujumlar natijasida 1990-yillarda ko‘chib kelgan 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan. Avvalroq Isroil TIV XAMASning Isroilga hujumi natijasida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqida xabar bergandi.
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi bu ma’lumotga izoh berib, halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar O‘zbekiston fuqaroligiga ega emasligini ma’lum qildi.
"Hujumlar chog‘ida O‘zbekistonda tug‘ilgan va 1990-yillarda mamlakat janubiga repatriatsiya dasturi bo‘yicha Isroilga ko‘chib kelgan 5 kishi halok bo‘ldi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ular amaldagi O‘zbekiston fuqarolik pasportlariga ega emas", — deyiladi xabarda.