
- 0
- 08.07.2025 09:24:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda harakatlanib ketayotgan Nexia’dan sakragan qiz aks etgan video tarqaldi. Holat 7-iyul kuni soat 11:00 larda Mirzo Ulug‘bek tumanida 2001-yilda tug‘ilgan X.A. Nexia’ni boshqarib ketayotganida, oldindan tanish bo‘lgan 2006-yilda tug‘ilgan B.J. bilan tortishib qolgan.
Kelishmovchilik ortidan B.J. harakatlanib ketayotgan mashina eshigini ochib, yo‘lga sakrab tushgan. Hududda xizmat olib borayotgan IIO xodimlari unga birinchi yordam ko‘rsatib, shifoxonaga olib borishgan.
Dastlabki tashxisga ko‘ra, qiz peshona va chap yonoq sohasidan lat yegan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.