Rossiyada ommaviy mushtlashgan 11 nafar o‘zbekistonlik qamaldi

Rossiyada ommaviy mushtlashgan 11 nafar o‘zbekistonlik qamaldi
  • 0
  • 29.05.2025 12:09:00
  • 1 daq o'qish

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyadagi maktablardan biridagi stadionda ommaviy mushtlashuv sodir bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Holat 25-may kuni sodir bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, unda O‘zbekiston fuqarolari ham ishtirok etgan. Mushtlashuvda qatnashgan barcha shaxslar qo‘lga olinib, 11 nafar o‘zbekistonlik mayda bezorlikda aybdor deb topilgan. Sudda yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar inobatga olinib, jamoaviy bezorlik qilganlarning 2 nafariga 12 sutka, 9 nafariga esa 14 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News