Zelenskiy Putinga urushni tugatish bo‘yicha ochiq xat yo‘lladi

Zelenskiy Putinga urushni tugatish bo‘yicha ochiq xat yo‘lladi
  • 0
  • 05.06.2026 13:39:00
  • 1 мин оқу

Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ochiq xat yo‘llab, urushni to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar orqali yakunlashga tayyorligini ma’lum qildi.
Zelenskiy uchrashuv Ukraina yoki Rossiyada o‘tishi shart emasligini, muzokaralar Shveysariya, Turkiya yoki arab davlatlaridan birida tashkil etilishi mumkinligini bildirdi. U o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish, asirlarni “barchani barchaga” tamoyili asosida almashish hamda urush vaqtida olib ketilgan tinch aholi va bolalarni qaytarishga tayyor ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, Zelenskiy AQSH va Yevropa davlatlarini xavfsizlik kafolatlarini beruvchi tomon sifatida muzokaralarga jalb etishni taklif qildi hamda Putinni urushni tugatish uchun shaxsan uchrashishga chaqirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News