
- 1
- 22.10.2026 12:46:00
- 1 мин оқу
Ijtimoiy tarmoqlarda PPX xodimidan qochayotgani aytilgan erkak mashinaga urilgani aks etgan video tarqalgandi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 19-oktabr kuni Toshkentning Shayxontohur tumanidagi “Malika” savdo majmuasida qidiruvda bo‘lgan fuqaro ichki ishlar xodimlaridan qochishga uringan. Erkak hujjatlari tekshirilayotgan vaqtda qochib, BYD avtomobiliga urilgan. Shundan so‘ng ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Hozirda holat yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.
#casia #news #Tashkent