
- 7
- 24.10.2026 11:27:00
- 1 мин оқу
Masalliqlar:
600 gr un
380 ml sut
1 dona tuxum
8 gr xamirturush
0,5 choy qoshiq tuz
110 gr shakar
60 gr sariyogʻ
biroz sutli shokolad
Tayyorlanishi:
Katta idishga un, shakar, tuz va xamirturushni solib, yaxshilab aralashtiramiz. Keyin tuxum, sut va sariyogʻni solib, yumshoq xamir qorib olamiz. Tayyor boʻlgan xamirni 2 soatga oshirishga yuboramiz. Soʻng, xamirni oʻrtacha qalinlikda yoyib, teshik kulcha shaklida kesib olamiz va qizigan yogʻda qizarguncha pishiramiz. Tayyor ponchiklarni ortiqcha yog‘ini shimib olishi uchun qog‘oz salfetka solingan likopchaga olamiz. Sutli shokoladni suv bug‘ida yoki mikroto‘lqinli pechda qisqa vaqt davomida eritib olamiz. Ponchiklarning ustki qismini iliq shokoladga botirib, ustidan shakarli sepma, maydalangan yong‘oq sepamiz. Shokolad biroz qotguncha kutib, keyin dasturxonga tortamiz!
Yoqimli ishtaha ❤️😍