
- 0
- 21.05.2026 14:25:00
- 1 мин оқу
Farg‘ona shahrida er-xotin o‘rtasidagi oilaviy kelishmovchilik janjalga aylanib, ayol eriga tan jarohati yetkazgani uchun javobgarlikka tortildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 1999-yilda tug‘ilgan ayol turmush o‘rtog‘i bilan kelishmovchilik sabab janjallashib, uni qo‘li bilan urib, qasddan tan jarohati yetkazgan hamda unga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik qilgan.
Sudda ayol o‘z aybini tan olgan va janjal vaqtida o‘zini himoya qilishga uringanini aytgan. Jabrlanuvchi erkak esa ayolini kechirmasligini bildirib, unga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Sud qarori bilan ayol oilaviy zo‘ravonlik bo‘yicha aybli deb topilib, unga 8 mln 240 ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlandi.