Toshkentda YPX inspektorini BMW’da urib ketgan o‘quvchiga hukm o‘qildi

Toshkentda YPX inspektorini BMW’da urib ketgan o‘quvchiga hukm o‘qildi
  • 4
  • 18.09.2026 16:05:00
  • 1 мин оқу

Toshkentning Mirobod tumanida YPX inspektorini BMW avtomobilida urib yuborib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan 16 yoshli o‘quvchiga hukm o‘qildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari xabar berdi.

Sud hukmi bilan 2010-yilda tug‘ilgan, xususiy maktabning 10-sinfida o‘qigan Doniyor Turg‘unov Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan aybdor deb topildi. Unga 2 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Voqea 25-fevral kuni sodir bo‘lgan. Turg‘unov tanishining opasiga tegishli BMW avtomobilini avtomobil yuvish shoxobchasidan xodimlarni ogohlantirmasdan olib chiqib ketgan. U Mirobod tumanidagi Nukus ko‘chasida YPX inspektori, kichik serjant Hosilbek Eshnazarovning to‘xtash haqidagi qonuniy talabiga bo‘ysunmagan. Shundan so‘ng inspektorni avtomobil bilan urib yuborib, voqea joyidan ketgan. Og‘ir tan jarohatlari olgan Hosilbek Eshnazarov shifoxonada vafot etgan.

Sud Turg‘unovga tayinlangan jazoni 2026-yil 27-fevraldan, ya’ni qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan kundan boshlab hisoblashga qaror qilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News