
- 1
- 21.10.2026 17:20:00
- 1 мин оқу
Prezident qaroriga ko‘ra, O‘zbekistondagi ta’lim tashkilotlarida o‘quvchi-talabalar va pedagoglar har o‘quv yilida kamida bir marta psixologik diagnostikadan o‘tkaziladi.
Diagnostika natijalari sun’iy intellekt yordamida tahlil qilinib, ishtirokchilar uch guruhga ajratiladi: psixologik barqaror, psixologik qo‘llab-quvvatlashga muhtoj va faol psixologik qo‘llab-quvvatlash zarur. Qo‘llab-quvvatlashga muhtojlarga ta’lim muassasasi psixologi, faol yordamga muhtojlarga esa mentor psixolog biriktiriladi. Diagnostika natijalari va shaxsiy ma’lumotlar sir saqlanishi ta’minlanadi.
Tizim 2026/2027-o‘quv yilidan maktabgacha va umumiy o‘rta ta’limda, 2027/2028-o‘quv yilidan esa o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’limda joriy etiladi.